O‘zbekistonliklar o‘tgan oyda 100 mingdan ortiq avtomobil «oldi-sotdi»sini qilgan
Noyabr oyida respublika bo‘ylab avtotransport vositalarining barcha toifalari savdolari hajmi 101,1 ming donani tashkil etdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga yuqori.
Hududlar kesimida barcha yengil avtomobillar savdosi o‘sish sur’ati bo‘yicha Toshkent shahri (+33,7 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (+8 foiz) yetakchilik qildi.
Birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi yillik hisobda 15 foizga oshdi, bu o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan taxminan 4,4 ming donaga ko‘pdir.
Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar segmentida realizatsiya hajmi taxminan 30 ming donani tashkil etib, yillik hisobda 13,6 foizga o‘sdi.
Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi esa 5 ming donaga yaqin bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,5 foizga yuqori qayd etildi.
Ikkilamchi avtomobil bozorida esa noyabr oyida taxminan 52 mingta foydalanilgan yengil avtomobil realizatsiya qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga kam.
Shu bilan birga, poytaxtda foydalanilgan avtomobillar savdosi 1,4 barobarga oshdi va o‘tgan yil noyabriga nisbatan 3,4 mingtaga ko‘p avtomobil sotildi.
Bundan tashqari, ikkilamchi bozorda elektromobillar realizatsiyasi yillik hisobda 1,8 barobarga o‘sgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter