Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pulni hisobingizga bir daqiqada oling: InfinBANK va UZCARD biznes uchun to‘lovlarni tezlashtirmoqda

Pulni hisobingizga bir daqiqada oling: InfinBANK va UZCARD biznes uchun to‘lovlarni tezlashtirmoqda

Tadbirkorlar uchun naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilish bilan birga, tushumni tezda hisob raqamiga olish ham muhimdir. Terminal operatsiyalari bo‘yicha mablag‘ning uzoq vaqt kechikishi biznesning aylanish imkoniyatlarini cheklashi va pul oqimlarini boshqarishni qiyinlashtirishi mumkin.

InfinBANK UZCARD to‘lov tizimi bilan hamkorlikda tadbirkorlarga to‘lovlarni qabul qilishdan so‘ng darhol tushum bilan ishlash imkonini beruvchi yechimni taklif qiladi.

InfinBANK UZCARD POS-terminallarni bir ish kuni ichida ulaydi. Mutaxassislar tadbirkorni barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlaydi: ariza berishdan tortib, uskuna ishga tushirilishi va to‘lovlarni qabul qilishgacha.

Xizmatning asosiy afzalligi — mablag‘ning tezkor hisobga tushishi. Kartaga to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng pul tadbirkorga 1 daqiqa ichida yetadi. Servis kechayu kunduz (24/7) va dam olish va bayram kunlarini ham ishlaydi.

Bunday ish tartibi biznesga tushumni tezroq boshqarish va aylanma mablag‘larni moslashuvchan boshqarish imkonini beradi.

Tadbirkorlar uchun bu:

  • tushumga tezkor kirish imkoniyati;
  • hamkorlar va yetkazib beruvchilar bilan tezkor hisob-kitob qilish imkoniyati;
  • tushumlarni deyarli real vaqt rejimida nazorat qilish;
  • moliyaviy oqimlarning oshkoraligini oshirish degani.

InfinBANK orqali ulangan UZCARD POS-terminallari naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilish vositasi bo‘lib qolmay, balki biznes moliyasini boshqarishning zamonaviy infratuzilmasi qismiga aylanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring