Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonda sanoatimiz salohiyatini mustahkamlovchi yangi obyektlar ishga tushirilmoqda

Qoraqalpog‘istonda sanoatimiz salohiyatini mustahkamlovchi yangi obyektlar ishga tushirilmoqda

Foto: Telegram

Qoraqalpog‘istonda mamlakatimiz sanoat salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi obyektlar ishga tushirilmoqda.

«Mahalliy xomashyo asosida energiya tejamkor va eksportbop mahsulotlar yaratish muhim. Bugun bazaltdan issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqaradigan «Karakalpak BasaltWool» MChJ zavodining rahbarlari va mutaxassislari bilan shu haqda suhbatlashdik. Mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanish evaziga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga yetgan.

Ushbu loyiha hududning eksport imkoniyatlarini kengaytiradi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi va Qoraqalpog‘istonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring