Surxondaryo qatorasiga uchinchi yil paxta rejasini birinchi bo‘lib bajardi

Surxondaryo viloyati paxtakorlari mamlakatda birinchi bo‘lib 2025-yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajardi, deb xabar berdi O‘zA.
Xabarga ko‘ra, qabul shoxobchalariga 275 ming 600 tonnadan ortiq sifatli xom ashyo topshirilgan. Hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish uchun 1 ming 277 ta terim otryadi tashkil etilib, terilgan xom ashyoni qabul shoxobchalariga yetkazib berish uchun 2 ming 10 ta traktor va 2 ming 965 ta tirkama jalb etildi.
«Ob-havo noqulay kelgan va suv tanqisligi kuzatilgan bu yilgi sharoitda ham viloyat paxtakorlari boy tajribalaridan oqilona foydalanib, mo‘l hosil yetishtirdi», — deyiladi xabarda.
2025-yil sentyabrida hosilni yo‘qotishlarsiz yig‘ib olish maqsadida Xitoydan FM-World rusumli zamonaviy paxta terish mashinalari olib kelingan.
Ma’lumot uchun: Surxondaryo viloyati 2023 va 2024-yillarda ham paxta topshirish rejasini O‘zbekistonda birinchi bo‘lib bajargan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter