2026 yildan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil bo‘lgan mashinalardan foydalanish taqiqlanadi

O‘zbekistonda yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Yangi tartibga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqarilganligiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno).
Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari (jumladan, mahalla yoshlari) o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yashil chiroq” musobaqalarini uch bosqichda o‘tkazilishini tashkil etadi.
“Yashil chiroq” musobaqalari hamda “Eng namunali yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlangan hudud” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter