Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-noyabrdan gaz ballon o‘rnatganlar «texpasport» almashtirishi shart bo‘lmaydi

1-noyabrdan gaz ballon o‘rnatganlar «texpasport» almashtirishi shart bo‘lmaydi

1-noyabrdan boshlab avtomobilga gaz ballon o‘rnatilganidan so‘ng "texpasport" (avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma)ni almashtirish talab etilmaydi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi

Prezidentning 2025-yil 16-sentyabrda “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-286-son qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 2025-yil 1-noyabrdan boshlab transport vositasiga gaz balloni o‘rnatilganligiga oid ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.

Avvalroq 2026-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqarilganligiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanishi taklif etilgan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring