Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 385 mln so‘mlik gazni o‘g‘irlagan novvoyxona aniqlandi

Andijonda 385 mln so‘mlik gazni o‘g‘irlagan novvoyxona aniqlandi

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida щtkazilgan nazorat tadbirlarida katta miqdordagi tabiiy gaz o‘g‘riligi fosh qilindi.

Xabarda aytilishicha, tumandagi «Ayronchi» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro xonadonida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, xonadonda joylashgan novvoyxonada loyiha texnik hujjatlari va hisoblash uskunasisiz umumiy gaz tarmog‘iga rezina shlang orqali ulanib, «zangori yoqilg‘i»dan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 385 million 441 ming so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.

To‘planmagan barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring