Anomal issiqda ko‘chatlarni qaysi paytda sug‘organ ma’qul?
Anomal issiqda daraxt va buta ko‘chatlarini, o‘simliklarni to‘g‘ri vaqtda sug‘orish ularni issiq stressdan himoya qiladi, namlikni saqlaydi va sog‘lom o‘sishini ta’minlaydi.
Kechki soat 20:00 dan ertalab soat 05:00 gacha sug‘orish uchun eng maqbul vaqt hisoblanadi. Chunki bu vaqt oralig‘ida havo salqin bo‘ladi, suv kam bug‘lanadi va tuproq namligini saqlab qoladi. Bu vaqtda sug‘orish ildizlarning chuqur o‘sishini ta’minlaydi va o‘simlikning chidamliligini oshiradi.
Sug‘orish tartibi qanday?
Endigina ekilgan ko‘chatlar soat 20:00 — 22:00 oralig‘ida kamroq, lekin tez-tez sug‘oriladi. Yosh daraxtlarga soat 20:00 — 22:00 oralig‘ida haftasiga 2-3 marta chuqur va mo‘l suv quyiladi. Katta daraxtlar esa soat 20:00 — 05:00 oralig‘ida haftasiga 1-2 marta, chuqur va mo‘l sug‘oriladi.
Muhim tavsiyalar!
1. Suvni ildiz zonasiga bering, barglarga emas. Suv yo‘qotilishini bug‘lanish orqali kamaytiring.
2. Suvni sekin va chuqur bering. Bu suvning ildizlarga yetib borishini ta’minlaydi.
3. Mulcha qo‘llang, bunda namlik uzoqroq saqlanadi, ildizlar himoyalanadi.
4. Soat 10:00 — 17:00 oralig‘ida sug‘ormang, chunki bunda suv tez bug‘lanadi va ko‘chat yoki o‘simlikka zarar yetadi.
5. Doimiy va me’yorida sug‘orish ko‘chat (o‘simlik)ni issiqdan himoya qiladi.
Eslatma! Har bir o‘simlik va tuproq turi turlicha suv talab qiladi. Shuning uchun tuproq namligini tekshirib, o‘simlik ehtiyojiga qarab sug‘orish tavsiya qilinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter