Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aprelning ilk 2 kunida 246 mlrd so‘mlik naqdsiz to‘lov amalga oshirildi – Markaziy bank

Aprelning ilk 2 kunida 246 mlrd so‘mlik naqdsiz to‘lov amalga oshirildi – Markaziy bank

Joriy yil 1–2 aprel kunlari yoqilg‘i quyish shoxobchalarida naqdsiz to‘lovlar hajmi sezilarli darajada oshdi. Bu 1-apreldan kuchga kirgan yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni nazarda tutuvchi Prezidentning PF-246-sonli farmoni bilan bog‘liq. 

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, mart oyida o‘rtacha kunlik tushum 102,6 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan 41,9 foizi naqdsiz to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yangi tartib kuchga kirgan kun – 1-aprel kuni jami naqdsiz tushum 93,2 mlrd so‘mni, 2-aprel kuni esa 152,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Naqdsiz to‘lovlarning qariyb 90 foizi bank kartalari orqali amalga oshirilgan.

To‘lov usullari kesimida:

  • QR-kod orqali to‘lovlar: 8,2 mlrd so‘m (1 aprel) va 7,7 mlrd so‘m (2 aprel);
  • moment kartalar: 1,6 – 3,6 mlrd so‘m;
  • yoqilg‘i kartalari: 2,4–2,5 mlrd so‘m;
  • bank kartalari: 80,9 – 138,6 mlrd so‘m.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring