Avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamayotgan yo‘lovchilarga qarshi nazorat tadbirlari kuchaytirildi
Toshkentda avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamay harakatlanayotgan yo‘lovchilarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirildi.
2026 yil 1 sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘l haqini to‘lashning yangi tartibi joriy etildi. Unga ko‘ra, yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘l haqini to‘lashi shart.
Shu munosabat bilan «Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan avtobuslarda to‘lov madaniyatini oshirishga qaratilgan kuchaytirilgan nazorat reydlari o‘tkazilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yil avgust oyida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan 10 843 nafar yo‘lovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Bu bir kunda o‘rtacha 350 ta holatni tashkil etgan.
8 sentyabrga qadar esa yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan 4696 nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Bu bir kunda o‘rtacha 587 ta holatga to‘g‘ri keladi.
Shu tariqa, sentyabr oyining dastlabki 8 kunida bir kunlik o‘rtacha rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar soni avgust oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 237 taga, ya’ni qariyb 68 foizga oshgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter