Bugun Toshkent va qator hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 30-35 daraja, shimolda 23-28 daraja bo‘ladi.
Toshkentda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23-28 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter