Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bozor rahbarining «biznesi» yurishmadi

Bozor rahbarining «biznesi» yurishmadi

Foto: DXX

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi bozorlardan birida rahbarning «savdosi» yurishmadi.

Bozor rahbari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, hujjatsiz do‘konni tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga pullamoqchi bo‘ldi. Katta va’dalar berdi: avval sotadi, keyin rasmiylashtiradi. «Xizmat» narxi ham shunga yarasha  — naq 80 million so‘m!

Ammo DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari «savdoning beliga tepishdi»: rahbar 6 600 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. 

Xabarga ko‘ra, bozor rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring