Qurilish vazirligi bosh mutaxassisi qo‘lga olindi
Toshkentda vazirlik bosh mutaxassisi qo‘lga olindi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi MChJ rahbarining ishonchiga kirib, undan 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Qo‘lga olish jarayonida u qochishga uringan, biroq tezkor xodimlar tomonidan ushlab qolingan.
Aniqlanishicha, bosh mutaxassis Yunusobod tumanidagi 6 ta uyga xizmat ko‘rsatishni bir MChJdan ikkinchi MChJga o‘tkazish haqidagi uy-joy mulkdorlari imzolagan dalolatnomalarni billing tizimining «Mening uyim» platformasidan ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga 2200 AQSh dollari talab qilgan va bu ishlarni o‘zining mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni rejalashtirgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Andijonda qalbaki dori ishlab chiqarayotgan 3 fuqaro qo‘lga olingandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter