Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetkazilgan zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyalarni soliqqa tortmaslik taklif qilinyapti

Yetkazilgan zarar uchun to‘lanadigan kompensatsiyalarni soliqqa tortmaslik taklif qilinyapti

Adliya vazirligi e’lon qilgan tegishli qonun loyihasida yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda mulkdorga to‘lab beriladigan kompensatsiyani «daromad» sifatida emas, balki majburiy tarzda olib qo‘yilgan mulkning evaziga berilgan qiymat deb baholash taklif qilinyapti.

Ma’lumki, hozirda mulkdorlarga to‘lanadigan mazkur kompensatsiya to‘lovlari uchun ham soliq hisoblanadi va bu buning natijasida mulkdor kompensatsiya to‘lovlarining bir qismini yo‘qotmoqda.

Ta’kidlanishicha, Hindiston hamda Ozarbayjon davlatlari qonunchiligida mulkdordan majburiy olib qo‘yilgan mol-mulklarga nisbatan to‘langan kompensatsiya to‘lovlariga daromad sifatida qaralamaydi va ular soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.

Shu bois hamda mulkdorlarning moliyaviy barqarorligini saqlab qolish va soliq yukini kamaytirish maqsadida loyihada yuqoridagi tartib nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, ma’naviy zarar bo‘yicha kompensatsiya ham shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, ruhiy holati yoki boshqa nomoddiy huquqlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zarar ta’sirini yumshatish va huquqiy tiklanishni ta’minlash uchun belgilanadi. Bu to‘lovning vazifasi shaxsni boyitish emas, balki adolatni tiklash, jabrlanuvchining huquqiy himoyasini kuchaytirishdan iborat.

Bu borada Ozarbayjon, Latviya, Estoniya hamda Ispaniya davlatlari qonunchiligida ma’naviy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha pullik to‘lovlar daromad sifatida qaralamaydi va ular soliq solish obekti hisoblanmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda ma’naviy zarar bo‘yicha to‘lovlarning mazmunan daromad emasligini e’tirof etish va soliq yukini kamaytirish orqali fuqarolarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash maqsadida Soliq kodeksiga mazkur qo‘shimcha kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring