Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada onaxon foydasiga farzandlaridan aliment undirildi

Farg‘onada onaxon foydasiga farzandlaridan aliment undirildi

Farg‘onada 52 yoshli onaxon MIB orqali farzandlaridan aliment, sobiq turmushi o‘rtog‘idan esa, moddiy ta’minotni undirib oldi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2023 yildagi qaroriga asosan, ikki nafar o‘g‘il farzanddan undiruvchi bo‘lgan ona foydasiga har biri BHMning bir barobari miqdorida aliment undirish, shuningdek, turmush o‘rtog‘idan nogironlik davri uchun BHMning bir barobari miqdorida moddiy ta’minot undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosining Yozyovon tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdor ota hamda ikki nafar farzand rasman ogohlantirilib, aliment va moddiy ta’minot pullarini belgilangan tartibda va o‘z vaqtida to‘lab borishi lozimligi tushuntirilgan.

Biroq ijro hujjati talablari bajarilmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan turmush o‘rtog‘ining rafiqasiga belgilangan moddiy ta’minotni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgani, shuningdek, ikki nafar farzandning ham onasi moddiy ta’minotidan qochib kelayotgani yuzasidan ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi haqida huquqiy tushuncha berilgan.

Shunga qaramasdan, qarzdor ota va farzandlar o‘z burch va majburiyatlarini anglamasdan, davlat ijrochisidan yashirinishga urinishgan.

Qarzdorlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi boshlanganidan so‘ng, turmush o‘rtog‘idan 9 million so‘m, ikki nafar farzanddan esa jami 18 million so‘m moddiy ta’minot hamda aliment pullari to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring