Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Filippinda dahshatli to‘fon: 85 kishi halok bo‘ldi

Filippinda dahshatli to‘fon: 85 kishi halok bo‘ldi

Bu yilgi eng kuchli tayfunlardan biri Filippin hududlariga zarba berdi. 

Kalmaegi tayfuni sabab eng gavjum markaziy Sebu orolidagi butun shaharlarni suv bosdi, natijada kamida 49 kishi halok bo‘ldi. BBC xabar berishicha, yana 75 kishi bedarak yo‘qolgan va 17 kishi jarohatlangan. 

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat kamida 85 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va yuz minglab odamlar boshpanasiz qoldi. Kalmaegi (mahalliy nomi) bu yilgi eng vayronkor tayfunlardan biri hisoblanadi. 

Atsrim davlat rahbarlari Filippin prezidenti Ferdinand Markosga ta’ziya telegrammasini yubordi, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi. 

Filippin har yili o‘rtacha 20 ta bo‘ron va tayfunlardan aziyat chekadi. Bu so‘nggi voqea ketma-ket ikkita tayfun o‘ndan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan va infratuzilma va ekinlarga zarar yetkazganidan bir oy o‘tgach sodir bo‘ldi. 30 sentyabr kuni Filippinning markaziy qismida 6,9 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi, natijada o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va jarohat oldi. Sebu ham eng katta zarar ko‘rdi. Tayfun avval Vetnam, keyin esa Tailand tomon harakatlanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring