“Haj va Umra yagona portali” ishga tushdi

O‘zbekiston fuqarolari haj va umra safarlariga onlayn tarzda navbatga yozilish imkoniga ega bo‘lishdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, talabgor 2 xil usulda — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va haj-umra.gov.uz sayti orqali elektron navbatga yozilishlari mumkin.
Mazkur portal fuqarolarga uydan chiqmasdan turib hujjatlarni rasmiylashtirish, zarur tashkilotlarga murojaat qilish kabi byurokratik jarayonlarsiz ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi. Loyiha haj va umra safarlarini tashkil etishda qulaylik, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter