Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahallalarda ijtimoiy infratuzilma yanada rivojlantiriladi

Mahallalarda ijtimoiy infratuzilma yanada rivojlantiriladi

Joriy yil 27-dekabrda Prezidentning «2026–2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–393-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026-2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • qurilish ob’yektlarini loyihalashda «yashil» texnologiyalarni keng joriy qilish;
  • budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarining 3,4 trln so‘m mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va obodonlashtirish ishlariga 150 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirish.

Dastur doirasida yangidan boshlanadigan ob’yektlarni loyihalashtirishda quyidagilardan foydalanish inobatga olinmagan hollarda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan;
  • ekologik toza va energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qurilish materiallaridan foydalanish.

2026-yil 1-yanvardan loyiha qiymati BHMning 6 000 barobaridan yuqori budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash loyihalari Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qamrab olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring