Namanganda YHX xodimi xizmat burchini bajarayotib halok bo‘ldi
Namangan viloyatida YHX katta serjanti Vahobjon Mo‘minov xizmat burchini bajarayotgan paytida halok bo‘ldi. Uni to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan haydovchi mashinasi bilan urib ketgan.
Jinoyatchi qo‘lga olingan. Ichki ishlar vazirligi marhumning oilasi va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.
Vahobjon Mo‘minov 2007-yildan buyon xizmat qilib kelayotgan bo‘lgan. Ortida turmush o‘rtog‘i va 3 nafar farzandi qoldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter