Odiljon Tojiyev O‘zbekiston Milliy media birlashmasi raisi etib saylandi
Odiljon Fotihjon o‘g‘li Tojiyev O‘zbekiston Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi lavozimiga saylandi.
Odiljon Tojiyev davlat boshqaruvi tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, u Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Qonunchilik palatasi Spikerining raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ko‘p yillar samarali ish olib borgan.
jamoatchilik bilan faol ishlaydigan, OAV sohasidagi qonunchilikni chuqur biladigan, axborot siyosati va raqamli rivojlanish yo‘nalishlarida katta tajribaga ega mutaxassis sifatida tanilgan. Shuningdek, O.Tojiyev zamonaviy media maydonda ochiq muloqot madaniyatini rivojlantirish, media sohasini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelgan.
Odiljon Tojiyev 2022-yildan buyon birlashma raisi sifatida ishlab kelgan Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘rnini egalladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter