O‘zbekistonga 2 oyda 11 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun keldi
2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida 11 ming 876 nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kelganlar orasida qo‘shni davlatlar fuqarolari ustunlik qiladi. Xususan, eng ko‘p bemorlar Tojikistondan kelgan bo‘lib, ular soni 7 ming 562 nafarni tashkil etgan.
Shuningdek, Qirg‘izistondan 2 ming 530 nafar, Qozog‘istondan 1 ming 212 nafar fuqaro tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun mamlakatga kirib kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistondan 338 nafar, Rossiyadan 208 nafar fuqaro davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Boshqa davlatlar hissasi nisbatan kam — jami 26 nafarni tashkil etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter