Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Foto: Xabar.uz

Ramazon hayiti va Navro‘z bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 4 kun, ya’ni 20−23-mart sanalarida, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 3 kun, ya’ni 20−22-mart sanalarida dam oladi.

Haftasiga besh kun ishlovchi o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Mehnat kodeksiga muvofiq, bayram sanasi dam olish kunlariga to‘g‘ri kelib qolsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Shunga ko‘ra, haftada 5 kun ishlaydiganlar 4 kun dam oladi:

20-mart, juma — Ramazon hayiti kuni (hozircha rasman e’lon qilinmadi);
21-mart, shanba — Navro‘z bayrami kuni;
22-mart, yakshanba — dam olish kuni;
23-mart, dushanba — bayramdan ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni.
Haftada 6 kun ishlaydiganlar esa 3 kun dam oladi:

20-mart, juma — Ramazon hayiti kuni;
21-mart, shanba — Navro‘z bayrami kuni;
22-mart, yakshanba — dam olish kuni.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring