Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol va uning olti farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada og‘ir ahvolga tushgan ayol va uning olti farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Foto: Dunyo AA

Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi M.M. va uning olti nafar farzandiga diplomatik vakolatxona hamda Migratsiya agentligi vakillari tomonidan yordam ko‘rsatildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Avvalroq M.M. va uning farzandlarida shaxsini tasdiqlovchi hamda Rossiyadan chiqish huquqini beruvchi hujjatlar bo‘lmagan. Shu sababli ayol Rossiyadagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasasiga, uning olti farzandi esa «Tranzit» bolalar ijtimoiy boshpanasiga joylashtirilgan.

Ayolning farzandlaridan uzoq vaqt ajralib qolishining oldini olish maqsadida Bosh konsulxona tomonidan qisqa muddatda zarur hujjatlar rasmiylashtirib berilgan.

Shundan so‘ng M.M. va uning olti nafar farzandi «Sankt-Peterburg – Samarqand» aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring