Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor uyqu sifatini yaxshilashning «siri»ni ochdi

Shifokor uyqu sifatini yaxshilashning «siri»ni ochdi

Foto: Meditopia.

Rossiyalik uyqu bo‘yicha mutaxassis, fan nomzodi Aleksandr Kazachenko dori-darmonlarsiz uyqu sifatini yaxshilashning oddiy usullarini ochib berdi. U o‘z maslahatlari bilan Lenta bilan suhbatda o‘rtoqlashdi

Kazachenkoning so‘zlariga ko‘ra, birinchi qadam og‘ir va yog‘li kechki ovqatdan saqlanishdir.«Kechki ovqatni yotishdan uch-to‘rt soat oldin iste’mol qilish va oson hazm bo‘ladigan ovqatlarni tanlash yaxshidir. Bundan tashqari, tushdan keyin kofein va alkogol dam olishga salbiy ta’sir qiladi», deb qo‘shimcha qildi shifokor. 

Uyquni yaxshilash uchun mutaxassis stress darajasini boshqarish va kun tartibini saqlashni ham tavsiya qildi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu uyqu va uyg‘oqlikni tartibga soluvchi gormonlar ishlab chiqarishni tartibga solishga yordam beradi, uyqu tuzilishini yaxshilaydi. 

Kazachenkoning qo‘shimcha qilishicha, yotishdan oldin gadjetlardan saqlanish orqali tungi oromni yaxshilashingiz mumkin. Uning ta’kidlashicha, bu qurilmalar miya ma’lumotlarni qayta ishlashda davom etar ekan, odamning to‘liq dam olishiga to‘sqinlik qiladi.

Bundan tashqari, ekranlardan tushadigan yorug‘lik melatonin ishlab chiqarishni susaytiradi, bu esa uyqu sifatini yomonlashtiradi va uxlab qolish bilan bog‘liq muammolarga olib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring