Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Botanika bog‘ida samokat va velosipedlarga taqiq joriy etildi

Toshkentdagi Botanika bog‘ida samokat va velosipedlarga taqiq joriy etildi

Foto: Wikimedia Commons

Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlandi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati rasman ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab bog‘ hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakati to‘liq to‘xtatiladi. Mazkur cheklov Ilmiy kengash qarori hamda tashrif buyuruvchilarning ko‘plab murojaatlari asosida joriy etilmoqda.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda bog‘ hududida mazkur transport vositalarida harakatlanish oqibatida fuqarolarning yiqilishi va turli darajadagi jarohatlar olishi bilan bog‘liq holatlar ko‘paygan.

Bog‘ ma’muriyati bayonotida «xavfsizlik ustuvor vazifa» ekani alohida qayd etilgan. Shu sababdan, xavf-xatarlarni kamaytirish maqsadida qat’iy choralar ko‘rilgan. Yangi tartibga ko‘ra, bog‘ hududi faqat piyoda sayr qilish uchun mo‘ljallangan hudud sifatida shakllantiriladi.

Ma’muriyat fuqarolardan belgilangan qoidalarga amal qilishni va boshqalar xavfsizligiga befarq bo‘lmaslikni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring