Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi ilovalardan faqat o‘z nomidagi raqam orqali ro‘yxatdan o‘tiladi

Endi ilovalardan faqat o‘z nomidagi raqam orqali ro‘yxatdan o‘tiladi

Foto: Xabar.uz

2026-yil 22-apreldan boshlab mobil ilovalarda ro‘yxatdan o‘tish va xizmatlardan foydalanish tartibiga yangi talab joriy etiladi. Unga ko‘ra, foydalanuvchining telefon raqami uning shaxsiy identifikatsiya raqami bilan mos bo‘lishi shart qilib belgilanmoqda.

Yangi tartibga muvofiq, agar raqam shaxsga tegishli bo‘lmasa, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish yoki bank kartasini biriktirish imkoni cheklanadi.

Shuningdek, tizimda mos kelmaslik holatlari aniqlanganda, foydalanuvchilarga bu haqda SMS-xabarnoma orqali ogohlantirish yuboriladi.

Ayni paytda ayrim foydalanuvchilar mobil ilovalar yoki bank xizmatlariga begona shaxs nomidagi raqamlarni biriktirgan holatlar mavjud. Yangi tizim ana shunday holatlarga chek qo‘yishni ko‘zda tutadi.

Belgilangan talablarga mos kelmagan raqamlar orqali xizmatlardan foydalanish ma’lum muddatdan keyin cheklanadi. Shu bilan birga, bank xizmatlari va elektron to‘lov tizimlarida xavfsizlik darajasini oshirish asosiy maqsad sifatida belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring