Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuzatish: Turkiya mehnat bozorini «turkiy»larga emas, xorijdagi turklarga ochmoqda

Tuzatish: Turkiya mehnat bozorini «turkiy»larga emas, xorijdagi turklarga ochmoqda

Bir muddat oldin Turkiyada qabul qilingan yangi qaror to‘g‘risida turli talqinda axborot tarqatildi. Bir nechta OAV va telegram-kanallar ushbu ma’lumotni «Turkiya turkiy davlatlar fuqarolariga ishga joylashishni yengillashtirdi», mazmunida keng sarlavhalar bilan e’lon qildi, jumladan, «Xabar.uz» ham.

Turk tilidagi hujjatda keltirilgan jumlalar biroz noto‘g‘ri talqin qilingani sababli tarqatilgan yuqoridagi ma’lumotlar aslida «kelib chiqishi turk bo‘lgan xorijliklarga/turkcha so‘zlashuvchi chet elliklar»ga (foreigners of Turkic origin / Turkic-speaking foreigners) tegishli ekanigi aniqlik kiritildi (ayni paytda «Xabar.uz»da ham ma’lumot asliga moslangan).

Yuqoridagi xatolik bir qator mintaqaviy va rus tilli saytlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, ularda Turkiya turkiy davlatlar fuqarolarini ishga joylashishini yengillashtirgani yoki ularga nisbatan avvalgi «chet ellik» maqomini olib tashlagani haqida yozilgan. Masalan, 24.kg, Newdosh / ReOpen.Media va Orda.kz saytlari «citizens of Turkic states» (turkiy davlatlar fuqarolari) degan sarlavha bilan xabar tarqatdi.

Biroq Report.az, Tengrinews, trtrussian va boshqa ayrim nashrlar, o‘z vaqtida avvalgi xabarlarini tahrirlab qo‘ydi va Turkiyadagi yangi tartib kelib chiqishi turk bo‘lgan/turk tilli xorijliklarga tegishli ekanini qayd etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring