Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya xorijlik turklarni ish bilan ta’minlashni soddalashtirdi

Turkiya xorijlik turklarni ish bilan ta’minlashni soddalashtirdi

Turkiya prezidenti Hukumatning xorijliklarga ish berishga doir qarorga o‘zgartirishni nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi.

Unga ko‘ra, turk millatiga mansub xorijiy fuqarolarning Turkiyada kasb va hunarlarini erkin amalga oshirishlari, davlat va xususiy sektorda mehnat faoliyatlarini olib borishlari mumkin bo‘ladi. 

Kun.uz nashri tanishib chiqqan hujjatga muvofiq, dastlab xorijiy fuqarolarning turk millatiga mansubligi identifikatsiya qilinadi va bu Prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda xorijiy fuqarolar quyidagi shartlarning barchasiga mos kelishi kerak:

  • Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan vaqtincha yashash guvohnomasiga ega bo‘lishi;
  • Turkiyaning vakolatli sertifikatlarining mavjudligi, idoralaridan olingan kasbiy malaka;
  • Xorijiy mamlakatning maktab yoki universitetlaridan berilgan diplomlarning nostrifikatsiya qilinganligi;
  • Xorijiy fuqaroning kasbiy faoliyati Turkiya xavfsizligiga tahdid solmasligi;
  • Kasaba uyushmalarida ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘lsa, a’zoligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi;
  • Xorijiy mamlakat hududida olingan hunarmandlik, ustalik va boshqa kasbiy malaka sertifikatlarining davlat tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi;
  • Turk millatiga mansubligini Prezident tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi;
  • Fuqaroligi bo‘lgan mamlakatda o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, kasbini, hunarini yoki ishini bajara olmaslik, shuningdek, boshqa sabablarga ko‘ra Turkiyada yashash majburiyatida qolish (masalan, yashab turgan mamlakatida zulm ko‘rgan bo‘lishi);
  • Fuqaroligi bo‘lgan mamlakatda etnik va madaniy ozchilikni tashkil qilish (masalan, Bolgariyada yashaydigan turklar).

Eslatib o‘tamiz, mazkur ma’lumot turli internet nashrlarida noto‘g‘ri talqin etilib, unda turkiy tashkilotga a’zo davlatlar fuqarolari bundan bu yog‘iga Turkiya hududida xat-hujjatsiz, xuddi turk fuqarolari singari ishlash, o‘qishlari mumkinligi aytilmoqda. 

*Tahrirlangan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring