Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijda qancha o‘zbekistonlik mehnat qilmoqda?

Xorijda qancha o‘zbekistonlik mehnat qilmoqda?

Foto: Review.uz

Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda qariyb 40 ta davlatda 1,4 million nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bu haqda Markaziy bankning sharhida ma’lum qilindi.

Xorijdagi fuqarolarning asosiy qismi Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Janubiy Koreyada istiqomat qilmoqda. Xususan:

  • Rossiyada — 834,2 ming nafar;
  • Qozog‘istonda — 84,4 ming nafar;
  • Turkiyada — 72,1 ming nafar;
  • Janubiy Koreyada — 46,4 ming nafar;
  • Yevropa mamlakatlarida — 258 ming nafar;
  • boshqa davlatlarda — 97,7 ming nafar fuqaro mehnat qilmoqda.

Shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning 398,9 ming nafari yoki 28,6 foizini xotin-qizlar, 402,1 ming nafari yoki 28,9 foizini yoshlar tashkil etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, migratsiya yo‘nalishlarida ham o‘zgarish kuzatilgan. MDH davlatlarining ulushi 29 foizga kamaygan bo‘lsa, Yevropa mamlakatlarining ulushi 42 foizga, Sharqiy Osiyo mamlakatlarining ulushi esa 26 foizga oshgan.

Mutaxassislar migratsiyaning asosiy iqtisodiy omillaridan biri sifatida mehnat migrantlarini yuboruvchi va qabul qiluvchi davlatlardagi ish haqi o‘rtasidagi farqni qayd etmoqda.

Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) ma’lumotlariga ko‘ra, eng yuqori o‘rtacha ish haqi Yevropaning Lyuksemburg, Belgiya, Niderlandiya va Shveysariya kabi davlatlari, Shimoliy Amerikada AQSh va Kanadada qayd etilgan. Osiyoda esa Yaponiya va Janubiy Koreya mehnatga haq to‘lash darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring