«Farg‘ona» turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi
«Farg‘ona» turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, umumiy maydoni 2 396 gektar bo‘lgan «Farg‘ona» turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi.
Turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.
Farg‘ona tumanida «Vodil» malina agroturizm klasterini turistik ob’yektga aylantirish uchun zarur infratuzilma yaratiladi va salohiyatli tadbirkorlarni jalb etgan holda malina bog‘lari (plantatsiyalari) hududida yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish ob’yektlari tashkil qilinadi.
2026–2027-yillarda Yozyovon tumani Markaziy Farg‘ona suv ombori atrofidagi yer maydonlarida turizm xizmatlarini tashkil qilish orqali ish o‘rinlari yaratiladi.
Farg‘ona tumani «Sanoat» va «Hosilot» MFY hududlarida xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasi asosida malina plantatsiyalarini tashkil qilish, muzlatkichlar va chuqur qayta ishlash sexlarini qurish orqali agroturizm xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter