Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YuNESKO: Beruniy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari e’lon qilindi

YuNESKO: Beruniy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari e’lon qilindi

6-noyabr kuni Samarqandda sun’iy idrok odob-axloqi sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha Beruniy nomidagi YuNESKO-O‘zbekiston xalqaro mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi.

Mukofot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2023-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, sun’iy idrokka axloqiy, barobar va insonga yo‘naltirilgan yondashuvlarni shakllantirishga hissa qo‘shadigan ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Mukofotning ilk davrasi sohiblari professor Virjilio Avgusto Fernandes de Almeyda (Braziliya), professorlar Syuzan Perri va Klaudiya Roda (Fransiya), shuningdek, Sinhua universiteti huzuridagi Xalqaro sun’iy idrok boshqaruvi institutining (Xitoy) professor olimlari Lan Xuye, Zheng Liang va Qian Xiao bo‘ldilar.

Mukofot YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida topshirildi. Tadbir munosabati bilan «The UNESCO Courier» jurnalining buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosiga bag‘ishlangan maxsus soni ham ingliz va o‘zbek tillarida chop etildi va YuNESKO raqamli kutubxonasining bir qismiga aylanadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring