Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2040-yilga borib ipoteka krediti portfeli 56,7 mlrd dollarga yetkaziladi

2040-yilga borib ipoteka krediti portfeli 56,7 mlrd dollarga yetkaziladi

Joriy yil 19-noyabr kuni Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan, 2040-yilga qadar har yili qurilayotgan uy-joylar sonini ikki baravarga oshirib, 421 mingtaga olib chiqish, ipoteka krediti portfelini 10 baravardan ortiq ko‘paytirgan holda 56,7 mlrd AQSh dollariga yetkazish belgilangan.

Hujjat bilan uy-joy sohasini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash va «Yangi O‘zbekiston» massivlarini barpo etish ishlarini izchil davom ettirgan holda uy-joy fondida zamonaviy uy-joylar ulushini 2040-yilga qadar 50 foizga yetkazish hamda uy-joy bozoriga bank moliyasi va institutsional investorlar mablag‘larini, shu jumladan, ipoteka kreditidan foydalangan holda jalb etish kabi yo‘nalishlar belgilandi.

Farmonga muvofiq:

  • O‘zbekiston Respublikasida 2040-yilgacha bo‘lgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari;
  • O‘zbekiston Respublikasida 2040-yilgacha bo‘lgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar;
  • O‘zbekiston Respublikasida 2040-yilgacha bo‘lgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, Asosiy yo‘nalishlar urbanizatsiya, uy-joy va ipoteka bozorini 2040-yilgacha rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishning asosi bo‘lib, ushbu sohada ishlab chiqiladigan barcha yangi normativ-huquqiy hujjatlar unga muvofiq bo‘lishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring