2,9 ming nafar o‘zbekistonlikni Vatanga qaytarish uchun qariyb 10 mlrd so‘m sarflandi
Joriy yilning o‘tgan 7 oyida Migratsiya agentligi tomonidan xorijda murakkab vaziyatga tushib qolgan 2 888 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi.
Jumladan:
- 1 306 nafar — murakkab moliyaviy ahvolda qolgan fuqarolar;
- 518 nafar — bolali ayollar;
- 1 022 nafar — bolalar;
- 42 nafar — maxsus tibbiy tashish (yotqizilgan holda) orqali.
Tibbiy kuzatuv talab etilgan fuqarolarning 15 nafari Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlari nazorati ostida olib kelindi.
Vatanga qaytarish bilan bog‘liq transport, tibbiy, tashkiliy va boshqa zarur xarajatlar uchun Migratsiya jamg‘armasidan jami 9 mlrd 936 mln so‘m mablag‘ sarflandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter