Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

9 yoshli bolaga jarohat yetkazgan o‘smirning onasi jarimaga tortildi

9 yoshli bolaga jarohat yetkazgan o‘smirning onasi jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bektemir tumanida 9-sinf o‘quvchisi 3-sinf o‘quvchisiga tan jarohati yetkazgani haqidagi xabar tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan poytaxt IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 4-oktyabr kuni taxminan soat 16.20 larda voyaga yetmagan 2010-yilda tug‘ilgan S.A. Bektemir tumanidagi 290-sonli maktabda voyaga yetmagan 2016-yilda tug‘ilgan F.A. bilan o‘zaro og‘zaki gap talashib qolgan. Buni natijasida S.A. voyaga yetmagan F.A.ni velosipedda uchib ketayotgan vaqtida oyog‘i bilan tepib, F.A. yuz qismi bilan yiqilib tushishiga sababchi bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra voyaga yetmagan F.A.da “Yuqori lab o‘ng tomonlama shilliq qavati ezilib yirtilgan yarasi, yuqori jag‘ o‘ng tomonlama ikkinchi tishi to‘liq chiqishi, yuqori jag‘ o‘ng tomonlama 1-tishi noto‘liq chiqishi, bosh peshona chap yonoq chap lunj, chap yelka kamari, ikkala kaft sohalari, yumshoq to‘qimalari lat yeyishlari va shilinmalari” jarohatlari borligi aniqlangan. Ushbu jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra, sog‘liqni qisqa muddatga buzilishi olib kelgan yengil tan jarohatlari deb baholangan. 

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv jarayoni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan shaxsan nazoratga olingan.

Hozirda voyaga yetmagan S.A.ning onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, maktab ma’muriyati va ota-onalar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli choralar belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring