95 yoshli avtobuschi pensiyaga chiqmoqchi emas
AQShning Texas shtatida yashovchi 95 yoshli Reymond Hager rasman dunyodagi eng keksa avtobus haydovchisi deb tan olindi va Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.
Otaxon Uichita-Fols shahrida Falls Ride jamoat transporti tizimida 27 yildan buyon ishlab kelmoqda.
O‘zining aytishicha, 14 yoshida mashina haydashni o‘rgangan, yoshligida katta mashinalarni yoqtirgan. Keksayganida avtobus haydashga qaror qildi va hanuz ishlab kelyapti. 95 yoshida uzil-kesil pensiyaga chiqib ketishga ahd qildi, ammo keyin fikridan qaytib, sog‘lig‘i imkon bergunicha ishlashga bel bog‘ladi.
Shahar rasmiylari keksa haydovchining xizmatlarini qadrlab, 18-noyabrni Reymond Hager kuni deb e’lon qilishdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter