Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdug‘ani Sanginovning  «O‘zbekneftgaz»ga rais etib tayinlangani aytilmoqda

Abdug‘ani Sanginovning  «O‘zbekneftgaz»ga rais etib tayinlangani aytilmoqda

Abdug‘ani Abduraxmonovich Sanginov «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumotni Gazeta’ga u rahbarlik qilib kelgan «O‘zbekgidroenergo» kompaniyasi tasdiqlagan. 

Sanginov mazkur lavozimda 2023-yilning iyulidan buyon ishlab kelayotgan va bir muddat oldin boshqa ishga o‘tgani aytilgan Bahodirjon Sidiqovning o‘rnini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, B.Sidiqov 2023-yil 11-mart kuni «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi etib tayinlangandi. Tayinlovga qadar u Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Yoshlik konini o‘zlashtirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari lavozimida ishlab kelgan. Shuningdek, 2019-2020 yillarda «O‘zbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Abdug‘ani Abdurahmonovich Sanginov — O‘zbekiston davlat arbobi, 2017-yildan buyon «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi hisoblanadi.

U 1982-yilda Tojikiston qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

2025-yil sentyabr oyida uning rahbarligida Quyi Chotqol GES va Norin GES-1 kabi yirik loyihalar qurilishini yakunlash masalalari muhokama qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring