Afg‘onistondagi 6 magnitudali zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
Bugun, 19-dekabr soat 10:39 da Afg‘oniston hududida 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Tohar viloyatida, 105 km chuqurlikda joylashgan. Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berishicha, zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezilgan.
Zilzilaning O‘zbekiston hududlarida sezilish kuchi va epitsentrdan uzoqligi:
- Surxondaryo — 4 ball, 206 km
- Qashqadaryo — 3 ball, 417 km
- Samarqand — 3 ball, 423 km
- Jizzax — 2-3 ball, 441 km
- Sirdaryo — 2-3 ball, 467 km
- Farg‘ona 2-3 ball, 502 km
- Navoiy — 2 ball, 542 km
- Toshkent shahri — 2 ball, 550 km
- Namangan — 2 ball, 561 km
- Andijon — 2 ball, 564 km


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter