Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholi uchun qulaylik tartib-intizomdan boshlanadi

Aholi uchun qulaylik tartib-intizomdan boshlanadi

Bugun Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aziz Azimov, shahar boshqarmalari, tegishli idoralar va Chilonzor tumani hokimligi rahbarlari hamrohligida tumandagi bir qator obyektlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Asosiy e’tibor jamoat joylarini noqonuniy qurilmalardan tozalash, obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda xavfsiz shahar muhitini yaratishga qaratildi.

Xususan, tadbir ishtirokchilari «Qatortol» ko‘chasi va bozori hududida bo‘lib, uzoq yillar davomida piyodalar yo‘lagini egallab turgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni demontaj qilish ishlari bilan tanishdilar. Noqonuniy qurilmalar tufayli odamlar ko‘pincha yo‘lning qatnov qismiga chiqishga majbur bo‘lar edi.

Bugun shahar piyodalarga o‘zlarining qonuniy hududini qaytarmoqda. Trotuarlar, avvalo, insonlar — bolalar, keksalar, aravachali ota-onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va shahar bo‘ylab har kuni piyoda harakatlanadigan barcha aholi uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, «Zarqo‘rg‘on» mahallasidagi obodonlashtirish ishlari, «Navbahor» mahallasida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish masalalari hamda «Lutfiy» mahallasidagi GES-9 podstansiyasida mavjud muammolar o‘rganildi.

Amalga oshirilayotgan barcha ishlarni yagona bir maqsad birlashtiradi — shaharni har bir fuqaro uchun yanada qulay, xavfsiz va shinam qilish. Aynan inson manfaatlari shahar muhitini rivojlantirishda asosiy mezon bo‘lib qoladi, jamoat joylarida tartib o‘rnatish esa ushbu tizimli ishning muhim qismi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring