Android-smartfonlarda xavfli virus paydo bo‘ldi
Android-smartfonlarda uning ekranini o‘qiy oladigan Sturnus virusi aniqlandi, deb xabar berdi Android Authority nashri.
Virus jabrlanuvchi telefoni ekranini o‘qishdan tashqari, ma’lumotlarni shifrlash tizimini ham chetlab o‘tishi mumkin. Masalan, Telegram va Signal messenjerlaridagi xabarlarga ham Sturnus virusi yo‘l topa oladi.
Ekran orqali virus parollarni yig‘ishi, bank ilovalari ma’lumotlarini qo‘lga kiritishi, yozishmalarni o‘qishi va smartfondagi ma’lumotlarni olishi mumkin.
Ekspertlarga ko‘ra, virus Google Chrome va boshqa ommalashgan ilovalar niqobi ostida yashiringan. U internetda apk-fayllar orqali tarqatilayotgani ehtimolda tutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter