Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Senati Trampning Eronga qarshi urush vakolatlarini saqlab qoldi

AQSh Senati Trampning Eronga qarshi urush vakolatlarini saqlab qoldi

AQSh Senati prezident Donald Trampning Eronga qarshi harbiy harakatlarini Kongress roziligisiz cheklashga qaratilgan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamadi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 47 nafar senator rezolyutsiyani yoqlagan bo‘lsa, 53 senator unga qarshi chiqqan. Shu tariqa hujjat qabul qilinmadi.

Rezolyusiya muallifi senator Rend Pol bo‘lib, u avval ham shunga o‘xshash tashabbus bilan chiqqan, ammo u ham rad etilgan edi. Qayd etilishicha, bu gal u Respublikachilar partiyasidan ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan yagona senator bo‘lgan.

Bundan Trampning partiyadoshlari orasida Eronga qarshi urush siyosatini qo‘llab-quvvatlov saqlanib qolgani va AQSh siyosatida Eronga nisbatan qat’iy pozitsiya hali ham ustunligi anglashiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring