Statistika: AQShga safar qilgan o‘zbekistonliklar soni 1,1 ming nafarga oshgan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida jami 12 953 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda AQShga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming nafarga yoki 9,3 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
sayohat – 9 236 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 3 114 nafar;
o‘qish – 304 nafar;
xizmat yuzasidan – 273 nafar;
davolanish – 26 nafar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter