AQShning Eronga so‘nggi hujumlari sabab 55 kishi halok bo‘ldi
AQShning Eronga hujumlari natijasida kamida 55 kishi halok bo‘ldi va 645 kishi yaralandi, deb xabar berdi Fars axborot agentligi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslangan holda. Bayonot 24-iyul, juma kuni e’lon qilindi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p qurbonlar janubi-g‘arbiy Xuziston viloyatida, shuningdek, janubiy Xurmozgon, Siyeston va Balujiston viloyatlarida qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 645 nafar yaradordan 586 nafari tibbiy yordamdan so‘ng uyiga jo‘natilgan, yana bir nechtasi ambulatoriya yordamini olgan. Sakkiz nafar yarador shifoxonada qolmoqda, ba’zilari qo‘shimcha jarrohlik amaliyotini talab qilmoqda.
Juma kuni AQShning Yaqin Sharqdagi Markaziy qo‘mondonligi Eron nishonlariga qarshi yana bir qator hujumlarni amalga oshirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter