Asli falastinlik livanlikni yengib, Gondurasga prezident bo‘ldi
Gonduras milliy saylov kengashi muxolifatdagi Milliy partiya komzodi Nasri Asfurani rasman mamlakatning saylangan prezidenti deb e’lon qildi.
Ovozlarning 98,27 foizi sanab chiqilganidan so‘ng Asfura 1 479 000 ta ovoz (40,27 foiz) to‘plagani ma’lum bo‘ldi. Liberal partiya nomzodi Nasralla — 39,59 foiz, hukmron Libre partiyasi vakili Riksi Monkada — 19 foiz ovoz to‘pladi.
Nasri Asfura to‘rt yil — 2026-yil 27-yanvaridan 2030-yil 27-yanvariga qadar Salvador Respublikasini boshqaradi.
Foto: Instagram
Nasri Xuan Asfura Zabla — 1958-yilda Gonduras poytaxti Tegusigalpada tug‘ilgan. Falastinlik muhojirlar Nasri Xuan Asfura va Gloriya Zablaning farzandi. Milliy partiya yetakchisi, 2014–2022-yillarda poytaxt hokimi bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning qo‘llovi Nasri Asfuraning saylovda g‘alaba qozonishida katta rol o‘ynagan.
Ikkinchi o‘rinni egallagan nomzodning ham tarjimai holi qiziq.
Foto: Proceso Digital
Salvador Alexandro Sesar Nasralla Salum ham Tegusigalpada tug‘ilgan (1953-yil). Sport jurnalisti, teleboshlovchi, tadbirkor, siyosatchi. Aksilkorrupsiya partiya asoschisi, prezidentlikka ikki marta nomzod. Nasrallaning ota-onasi — asli livanliklar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter