Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp: Venesuelada yaqin 30 kun ichida saylov o‘tkazib bo‘lmaydi

Tramp: Venesuelada yaqin 30 kun ichida saylov o‘tkazib bo‘lmaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelada yaqin 30 kun ichida saylovlar o‘tkazilishi mumkin emasligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, avval mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish zarur.

«Avvalo, biz mamlakatda tartib o‘rnatishimiz kerak. Saylovlar o‘tkazib bo‘lmaydi. Buning uchun vaqt kerak», – dedi Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges Oq uy bilan hamkorlik qilmoqda. Biroq u hamkorlik to‘xtatilsa, AQSh yana kuch ishlatishi mumkinligini istisno etmadi.

«Biz bunga tayyormiz. Aslida, bunday ssenariyni biz avvaldan ham ko‘zda tutgan edik — Nikolas Maduro o‘g‘irlab ketilganidan so‘ng Venesuelaga qo‘shin kiritishni rejalashtirganmiz», – dedi Tramp.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machadoni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bunga u Nobel tinchlik mukofotini Tramp foydasiga bermagani sabab bo‘lgani aytilgan edi. 

«U g‘alaba qozonishi kerak emas edi. Lekin bu aslo mening qarorimga ta’sir qilmagan», – dedi Tramp.

Ekspertlar fikricha, mazkur bayonotlar AQShning Venesuelaga nisbatan siyosatida harbiy va siyosiy bosim usullari saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring