Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Venesuelada 7 kunlik milliy motam e’lon qilindi

Venesuelada 7 kunlik milliy motam e’lon qilindi

Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges AQSh qurolli kuchlari tomonidan o‘tkazilgan harbiy operatsiyada halok bo‘lgan xavfsizlik xizmatlari xodimlari xotirasiga 7 kunlik milliy motam e’lon qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika qo‘shinlarining reydi natijasida kamida 24 nafar venesuelalik kuch tuzilmalari xodimi, shuningdek, 30 dan ortiq kubalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Kubada ushbu voqea munosabati bilan 5–6 yanvar kunlari motam e’lon qilingan.

Delsi Rodriges xalqqa murojaatida mamlakat tinch yo‘ldan og‘ishmasligini ta’kidladi.

«Bu yerda urush yo‘q, chunki biz urush holatida emasmiz. Biz hujumga uchragan tinch mamlakatmiz. Biz tinchlik yo‘lidan borishda davom etamiz. Butun venesuela xalqi milliy birdamlikni qo‘llab-quvvatlab, kelajagimiz uchun mehnat qilib, tariximiz va qadr-qimmatimizni himoya qilishimiz kerak», – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3-yanvar kuni AQSh harbiylarining maxsus operatsiyasi davomida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi ushlab ketilgan edi. Qo‘shma Shtatlar Maduroni narkosavdo bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblayapti. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring