Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp: Venesuelaning muvaqqat hukumati AQShga 30-50 million barrel neft beradi

Tramp: Venesuelaning muvaqqat hukumati AQShga 30-50 million barrel neft beradi

Foto: AP Photo

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaning muvaqqat hukumati AQShga 30-50 million barrel neft berishini aytdi.

«Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamanki, Venesuelaning muvaqqat hukumati AQShga sanksiya ostidagi 30 milliondan 50 million barrelgacha yuqori sifatli neftini beradi», — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

«Men energetika vaziri Kris Raytga zudlik bilan ushbu rejani amalga oshirishga kirishishni topshirdim», — deb qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Ta’kidlanishicha, neft tankerlarga yuklanib, to‘ppa-to‘g‘ri AQShdagi tushirish terminallariga yetkaziladi.

«Bu neft bozor narxida sotiladi, pullar Venesuela va Qo‘shma Shtatlar xalqlari manfaati uchun ishlatilishini ta’minlash uchun AQSh prezidenti — mening nazoratimda bo‘ladi», — deb yozdi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring