Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtoturargohlar xizmati bir yilda qariyb 13 foizga qimmatlagan – statistika

Avtoturargohlar xizmati bir yilda qariyb 13 foizga qimmatlagan – statistika

Shaxsiy transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari joriy yilning mart oyida 0,9 foiz (2025-yilning mos davriga nisbatan +7,0 foiz)ga, avtoturargohlar xizmati 0,7 foiz (2025-yil mart oyiga nisbatan +12,6 foiz)ga qimmatlashdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari orasida milliy valyutaning yevro va Shveysariya frankiga nisbatan mustahkamlangani tufayli narxlar va tariflar pasayishi kuzatildi.

Xususan, kuzatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha aviaparvozlar narxi o‘rtacha 4,1 foizga, uzoq masofaga  qatnovchi poyezdlar chiptalari esa 0,5 foizga arzonlashgani qayd etildi. Xalqaro avtobuslarda va shunga o‘xshash tashuvlarda yo‘lkira haqi 1,4 foizga, taksi xizmatlari 0,4 foizga, yuk tashish xizmatlari esa o‘rtacha 0,4 foizga oshgani qayd etildi.

Shuningdek, oy davomida benzin uchun o‘rtacha iste’mol narxlari darajasi 0,9 foiz (2025-yil mart oyiga nisbatan +9,2 foiz)ga pasaydi. Bunda, benzinning AI-92 markasi — 0,9 foizga, AI-95 markasi — 1,3 foizga, AI-98 va AI-100 markalari esa — 0,5 foizga arzonlashdi.

Propanning narxi oy davomida 3,2 foiz (2025-yil martiga nisbatan +9,6 foiz)ga arzonlashib, 1 litr uchun yuqori narx chegarasi 8 400 so‘mni tashkil etdi. 2026-yil mart oyida metan narxi fevral oyi darajasida kuzatildi, biroq 2025-yil martiga nisbatan 30,3 foizga yuqori darajada saqlanib qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring