Banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valyutasi oldi-sotdisi 19,1 mlrd dollar bo‘ldi
2026-yil yanvar–iyun oylarida banklar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalari aylanmasi 19,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 31 foiz yoki 4,5 mlrd dollarga ko‘p.
Hisobot davrida banklar jismoniy shaxslardan 12,3 mlrd dollar miqdorida chet el valyutasini xarid qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35 foiz ko‘p.
Banklar tomonidan aholiga sotilgan chet el valyutasi hajmi ham 26 foizga oshib, 6,8 mlrd dollarga yetdi. Natijada banklarning aholidan xarid qilgan valyutasi sotgan hajmidan 5,5 mlrd dollarga ko‘p bo‘ldi.
Valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining asosiy qismi ayirboshlash shoxobchalari orqali amalga oshirilgan. Ularning ulushi 59 foiz, ya’ni 11,2 mlrd dollarni tashkil etgan.
Masofaviy xizmat ko‘rsatish kanallari orqali 7,5 mlrd dollarlik operatsiya amalga oshirilib, ularning umumiy aylanmadagi ulushi 39 foizga yetgan. Bu kanal orqali operatsiyalar hajmi bir yilda 27 foizga oshgan.
Shuningdek, 24/7 rejimida ishlovchi valyuta bankomatlari orqali 404 mln dollarlik operatsiya bajarilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning birinchi yarmiga nisbatan 61 foizga ko‘paygan.
Markaziy bankka ko‘ra, jismoniy shaxslar segmentida shakllangan sof valyuta taklifining jami ayirboshlash aylanmasidagi ulushi 2025-yildagi 26 foizdan 2026-yilda 29 foizga oshgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter