Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu yerda barcha sharoitlar bor…» – Respublika onkologiya markaziga press-tur uyushtirildi (video)

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi. OAV vakillariga markazning yangi binosi, uning texnik va tibbiy imkoniyatlari, shuningdek, shifokorlar hamda bemorlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar batafsil tanishtirildi.

Ayni paytda markazda 24 ta ixtisoslashtirilgan bo‘lim faoliyat yuritmoqda. Rejaga ko‘ra, 2026 yildan boshlab ushbu bo‘limlar soni bosqichma-bosqich oshiriladi. Bu esa aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish imkonini beradi.

Markazga murojaat qilgan fuqarolar uchun onkologik ko‘riklar bepul amalga oshiriladi. Bemorlar oldindan uzoq navbat kutmasdan, zarur diagnostika va davolovchi muolajalarni o‘z vaqtida olish imkoniyatiga ega.

Yangi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, u yerda yuqori aniqlikdagi radiologik tekshiruvlar, laboratoriya tahlillari hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda. Markazda faoliyat olib borayotgan malakali shifokorlar xalqaro tajribaga ega bo‘lib, davolash jarayonlarida ilg‘or va innovatsion usullar qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring