Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda propan gaz quyish shoxobchasi yondi: jabrlanganlar bor

Buxoroda propan gaz quyish shoxobchasi yondi: jabrlanganlar bor

23-may, juma kuni soat 21:15 larda Buxoro viloyati Olot tumanida joylashgan propan gaz quyish shoxobchalarining birida «KamAZ» rusumli avtomobiliga gaz quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, oqibatda yong‘in kelib chiqqan.

Shundan so‘ng zudlik bilan voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv avtoekipajlari jalb qilingan. Ular soat 21:19da shoxobchaga yetib borgan va soat 21:40da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida hech qanday portlash sodir bo‘lmagan. Yong‘indan avtomobilning yon tomonidagi gaz quyish agregatlari va suyultirilgan uglevodorod gazi qisman yongan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘in o‘chirishga harakat qilgan fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilgan.

«Hozirda ahvoli yaxshi va shifokorlar nazoratida.

Yong‘inni kelib chiqishiga yoqilg‘i quyish vaqtida texnologik jarayonni buzilishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring